Aholisi soni tobora qisqarib borayotgan davlatlar
Har yili dunyo aholisi keskin o‘sib boryapti, bu tez sur’atlarga qaramay, ba’zi davlatlar nobud bo‘lishda davom etib, ularning aholisi soni kamayib bormoqda.
Lesoto
Janubiy Afrikadagi bu davlatda ayollar 18 martagacha tug‘adilar, dahshatli epidemiologik va antisanitariya sharoitlari tufayli juda kam bola omon qoladi.
Yillik o‘sish atigi 0,116 foizni tashkil qiladi. O‘rtacha umr ko‘rish 37 yil.
Bolgariya
O‘lim darajasi tug‘ilish darajasidan bir yarim baravar yuqori. 2001 yildan 2011 yilgacha aholi soni 564 331 kishiga kamaygan.
Har yili mamlakat 60 ming kishini yo‘qotadi. Bugungi kunda Bolgariyada 6 974 140 fuqaro istiqomat qiladi, 1989 yilda esa bu ko‘rsatkich 8 987 000 kishi bo‘lgan.
Litva
Aholi soni 2 794 322 kishini tashkil etadi. 20 yil ichida bu ko‘rsatkich 692 ming kishiga kamaydi. Har yili mehnatga layoqatli aholining soni 2 foizga kamayib bormoqda.
Tug‘ilishning pastligi, umr ko‘rish davomiyligi va Litvani o‘z ichiga olgan Yevropa Ittifoqining rivojlangan mamlakatlariga migratsiya millatning nasl buzilishiga olib kelish ehtimoli juda katta.
Latviya
2000 yildan 2014 yilgacha mamlakat o‘z aholisining 16 foizini yo‘qotdi. Mehnatga layoqatli fuqarolar sonining kamligi va migratsiyaning yuqoriligi mamlakat halokatining asosiy sabablari hisoblanadi.
2020 yil holatiga ko‘ra, aholi soni 1 873 999 kishini tashkil etgan bo‘lsa, keyingi yillarda bu ko‘rsatkich deyarli 2,5 million kishini tashkil qilgan.
Latviya YeI a’zosi va bu mamlakatning ko‘plab fuqarolari bu imkoniyatdan iqtisodiy jihatdan rivojlangan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yashash va ishlash uchun foydalanishadi.
Gvineya-Bisau
Davlat ro‘yxatida turadigan 1 million 991 ming 587 kishi soni ko‘p sonli nizolar, to‘ntarishlar va epidemiyalar tufayli doimiy ravishda kamayib bormoqda.
Chad
Aholi soni 16 790 288 kishi. Tabiiy o‘sish mingga 41,7, go‘daklar o‘limi esa mingga 68,6.
Afg‘oniston
Doimiy to‘qnashuvlar va vayron bo‘lgan infratuzilma tufayli go‘daklar o‘limi darajasi 1000 kishiga 247 taga yetadi, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Belarus
10 yil ichida aholi soni qariyb yarim millionga kamaydi va hozir 9 million 451 ming 613 kishini tashkil etadi.
Mamlakatdagi yuqori darajadagi migratsiya siyosiy repressiyalar fonida sodir bo‘lmoqda.
Rossiya
Ro‘yxatga olingan fuqarolar soni 146 171 015 nafarni tashkil etadi. 15 yil davomida tug‘ilish o‘lim darajasidan past bo‘lgan.
Faqat 2019 yilda o‘z joniga qasd qilishlarning umumiy soni 17 192 tani tashkil etdi. Rossiya bu vaqt ichida o‘z joniga qasd qilishlar soni bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egalladi.
Davlat sobiq SSSRning qo‘shni davlatlaridan ko‘plab muhojirlarni jalb qilish orqali muammoni hal qilishga urinmoqda.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.