AirPods quloqchini quloqda portladi

Xitoy fuqarosi telefonda gaplashayotgan vaqtda AirPods quloqchini quloq ichida portlab ketdi. Bu haqda GizmoChina portali xabar berdi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Shenchjou shahrida istiqomat qiluvchi 23 yoshli fuqaro vaziyat jabrlanuvchisi bo‘lgan. Portlash oqibatida uning o‘ng qulog‘i jarohatlangan. Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda. Jabrlanuvchi faqat o‘ng qulog‘i yaxshi eshitmayotganidan shikoyat qilgan. 

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqatilgan xabarga ko‘ra, fuqaro gadjetni Apple’ning hamkor do‘konlaridan birida sotib olgan. Nosoz chiqqan quloqchinlar o‘rganish uchun kompaniyaga qayta jo‘natilgan.

Shuningdek, jabrlangan fuqaroga mahalliy qonunda ko‘rsatilgan tartibda tovon puli to‘langan.