Ajablanarli tuyuladigan, ammo mutlaqo haqiqat bo‘lgan faktlar
🔹 Gepardlar o‘kira olmaydi, ular uy mushuklari kabi miyovlaydi.
🔹 Uzunligi 6 400 kilometr bo‘lgan Amazonka daryosi ustidan bitta ham ko‘prik qurilmagan.
🔹 LEGO kompaniyasi dunyodagi har qanday shina ishlab chiqaradigan kompaniyalarga qaraganda ko‘proq shina ishlab chiqaradi. Gap o‘yinchoq mashinalari uchun tayyorlanadigan kichik shinalar haqida ketayapti.
🔹 Efiopiyada qo‘llaniladigan taqvim umumiy qabul qilingan kalendarlarga qaraganda 7 yil orqada qolgan. Shu sabab ushbu mamlakat aholisi hali 2014 yilda yashaydi.
🔹 Har bir ananasning o‘sishi va yetilishi uchun taxminan 2 yil vaqt kerak.
🔹 Adidas va Puma asoschilari tug‘ishgan aka-uka Adolf va Rudolf Dasslerlar. Bu ikki kompaniyaning Germaniyadagi bosh qarorgohi qo‘shni binolarda yonma-yon joylashgan.
🔹 Yerdagi barcha chumolilarning umumiy vazni yerdagi barcha odamlarning vazniga qaraganda og‘ir.
🔹 O‘rtacha otning bir irg‘ib oldinga tashlanishi 15 ot kuchiga yetishi mumkin.
🔹 O‘rtastatistik odam borligi unutilib ketishi uchun 3-4 avlod o‘tishi kerak. Agar u albatta o‘zini misli ko‘rilmagan ishlar bilan ko‘rsatgan bo‘lmasa.
🔹Siz ham Misr ehromlari sahro o‘rtasida joylashgan deb tasavvur qilar edingizmi? Aslida ular Giza shahrining bevosita yaqinligida joylashgan.
Bahora tayyorladi.