Ajal ko‘prigi

San-Fransiskodagi «Oltin darvoza» ko‘prigi narigi dunyoga chorlovchi ko‘prik sifatida odamlarni dahshatga soladi.

Bu ko‘prikning balandligi 66 metr bo‘lib, 1937 yilda qurilgan va uch oy o‘tar-o‘tmas o‘zining birinchi qurbonini “safar”ga jo‘natgan. Uobber degan kimsa o‘rtoqlari bilan bemalol ko‘prik bo‘ylab sayr qilib yurgan, biroq kutilmaganda hech qanday sababsiz suvga sakragan. 

1973 yilga kelib o‘z joniga qasd qilganlar soni 499 kishiga yetgan. Nihoyat politsiya «sakrash»ga qasd qilgan nomzodlarni tuta boshlagan. Shu tariqa 14 kishini to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lishgan.

Politsiya har qancha urinmasin joniga qasd qilganlar kamaymagan. 1973 yilning oxiriga kelib ularning soni 1700 kishiga yetgan. O‘z joniga qasd qilgan minginchi kishi 26 yasharli Erik Atkonson bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, bu yosh yigit ko‘prik o‘rtasida mashinasini to‘xtatgan va xotirjam ko‘prik to‘sinidan oshib, o‘zini sovuq suv qariga tashlagan.

 

O‘z joniga qasd qiluvchilar joyiga aylangan ko‘prik hokimiyatni tashvishga solmay qo‘ymagan, albatta. Ko‘prik to‘sini oldin bir metr balandlikda bo‘lsa, keyin uni bir necha marta balandroq qilib ko‘tarishgan. Afsuski, bu chora ham ish bermagan. Joniga qasd qilganlar baribir ko‘prikdan tashlashda davom etgan.

Xo‘sh, bu ko‘prikda qanday ilohiy sir bor? Amerikalik parapsixologlarning boshlari qotgan. Axir keyingi yilda «Oltin darvoza» ko‘prigidan 85 kishi narigi dunyoga yo‘l olgan. Nega aynan shu ko‘prikdan o‘tayotganda odamlar o‘z joniga qasd qiladi? Olimlar haligacha bu sirning tagiga yeta olishmayapti?

T.Shomurodov tayyorladi.