Akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirildi

Samarqand davlat universitetida «Yangi O‘zbekiston yoshlari, bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi» shiori ostida akademik litsey bitiruvchi yoshlariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda mazkur litseyni 4 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 202 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lib, shundan 3 nafari oltin, 2 nafari kumush medal bilan tamomladi. Bitiruvchilarning 25 nafari a’lo darajali diplom sohibi, 122 nafar yigit-qiz xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, tadbirda 10 nafar o‘quvchiga «Akademik litseyimiz iftixori» stipendiyasi topshirildi.