Akademik litsey yoshlariga o‘quvchilik guvohnomalari topshirildi

Samarqand davlat universiteti akademik litseyiga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarga guvohnoma topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab o‘quvchilar litseyning ichki qonun-qoidalariga amal qilish, a’lo baholarga o‘qish yuzasidan qasamyod qabul qilishdi.

- Siz, muassasamizga saralab olingan, a’lochi o‘quvchilarsiz, - dedi litsey direktori Azamat Umarov. – Ushbu dargohda bilim olib, kelajakda oliy ta’lim dargohlariga o‘qishga kirish baxtiga erishishingiz mumkin. Buning uchun sizga yetarlicha shart-sharoit yaratib beramiz va faqat a’lo baholarga o‘qishni talab etamiz.

Tadbirda SamDU prorektori Alisher Eshtayev va litsey rahbarlari yoshlarga o‘quvchilik guvohnomalarini topshirdi.