Aksiyadorlik jamiyatlari hisobotni nega e’lon qilmayapti?
2014 yil 6 maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablariga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda o‘zi to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishni amalga oshirishi shart.
Qimmatli qog‘ozlar bozori hamda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari aksiyadorlik jamiyatlarining birinchi chorak, birinchi yarimyillik va to‘qqiz oy yakunlariga doir hisobotini hisobot oyidan keyingi bir oy ichida Korporativ axborot yagona portali rasmiy veb-sayti - www.openinfo.uz ga joylashtirish orqali oshkor qilishga majburligi belgilangan.
Viloyatda 27 ta aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, www.openinfo.uz orqali “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan tartibga rioya qilmagan holda 2020 yil
birinchi chorak hisobotlarini 7 ta aksiyadorlik jamiyati kechiktirib oshkor qilgan. Xususan, "Jomboy don mahsulotlari", "Zirabuloq paxta tozalash", "Juma paxta tozalash", "Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash", "Chelak paxta tozalash", "O‘zqishloqelektroqurilish", "Sino" hamda birinchi yarimyillik hisobotlarini "Oqtosh don", "Zirabuloq paxta tozalash", "Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash" aksiyadorlik jamiyatlari hisobotlarni kechiktirgan.
Mazkur hisobotlarni www.openinfo.uz korporativ veb-saytida joylashtirish orqali oshkor qilmaslik yoki kechiktirib oshkor qilinishi jamiyat boshqaruvi tomonidan investorlar hamda aksiyadorlarga o‘z vaqtida axborotlarni oshkor qilmagan holda ularning huquq va manfaatlari buzilishiga sharoit yaratilgan, deb hisoblanadi.
Norboy JO‘LMATOV,
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i.