Akula qutqargan erkak, sherlar himoya qilgan qiz, kuchuklar asragan chaqaloq...
Odamlarni halokatdan asragan hayvonlar
Agar sherlar guruhi odamga yaqinlashsa, bir necha soniya ichida nima bo‘lishini tasavvur ham qilish qiyin. Lekin bir mo‘’jizaviy voqea buning mutlaqo aksini isbotladi.
Yosh qiz uni majburlab turmushga bermoqchi bo‘lgan erkaklar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani va kaltaklanganidan so‘ng, uning xavf ostida qolganini his qilgan yirtqichlar o‘zining hayvoniy instinktlarini bir chetga surib qo‘yishi mumkinligini ko‘rsatdi.
2005 yilda Efiopiyada sodir bo‘lgan g‘alati hodisada uchta sher 12 yoshli qizni o‘g‘irlaganlarni quvib chiqardi va inson yordami kelguniga qadar yana kamida yarim kun qo‘riqlab turdi.
- Bita Genet shahri chekkasida polisiya vaqarindoshlari qidirgan qizaloqni yetti kishi qo‘lga olib, ulardan biriga turmushga bermoqchi bo‘lgan, - deydi serjant Vondimu Vedaxo. - Yordam kelgunga qadar qizni qo‘riqlab turgan sherlar uni sovg‘a sifatida bizga qoldirib, o‘rmonga qarab ketdi. Agar sherlar uni qutqarmaganida, voqeayaxshilik bilan tugamagan bo‘lardi. Hamma buni qandaydir mo‘’jiza, deb aytadi, chunki sherlar odatda odamlarga hujum qilishadi.
Qizning hayqirig‘ini eshitgan sherlar uni biror-bir hayvonning yangi tug‘ilgan bolasi, deb qabul qilgan, shuning uchun ular unga hamla qilmagan, - deydi Yovvoyi tabiat bo‘yicha mutaxassis Styuart Uilyams.
Bolani allalagan gorilla
Hayvonot bog‘ida ona-gorilla qafasga tushib ketgan uch yoshli odam bolasini ko‘tarib olib, xavfsiz joyga olib o‘tdi. Bu mo‘’jiza hayvonlar bo‘yicha mutaxassislarni butunlay hayratda qoldirdi.
1996 yilda AQShning Chikago shahridagi Brukfild hayvonot bog‘ida bolakay onasi qo‘lidan sirg‘alib, gorillalar qafasiga tushib ketdi. O‘shanda 6 metr balandlikdan yiqilgan bolaningqo‘li sinib, yuzi jiddiy jarohat oldi.
Volerda odam bolasiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yettita katta gorilla kezib yurardi, lekin Binti Jua laqabli ona-gorilla darhol yugurib borib, uni ko‘tarib oldi, bag‘riga bosdi, hayvonot bog‘i xodimlari kelganidan so‘ng qafas chetiga o‘tib, bolani ularga berdi.
Bintining xatti-harakatidan hayratda qolgan hayvonlar bo‘yicha ekspertlar o‘sha paytda uning onalik instinktlari ishga tushib ketgan, degan xulosaga kelishdi. Qizig‘i, o‘sha paytda uning orqasiga yopishib olib, o‘zining bolasi ham yotardi.
Kuchuklar chaqaloqni qutqardi
2021 yilning dekabrida tunda dalada tashlab ketilgan chaqaloqni it topib olgan, so‘ng u kuchukchalari bilan uni o‘rab olib, kechasi bilan isitib chiqqan.
Hindistonning Chattisgarx provinsiyasi mahalliy aholisining aytishicha, kimdir tunda yangi tug‘ilgan chaqaloqni yalang‘och holda tashlab ketgan. Ularning qo‘shimcha qilishicha, kuchuklar tun bo‘yi uni quchoqlab yotgan.
Yana bir qishloq yashovchisi voqea haqida gapirar ekan, shunday dedi: “Kuchukchalar va ularning onasitana harorati bilan bola hayotini saqlab qolgan,axir hozir dekabr oyi, odatda kechasi harorat tushadi.
Shifokorlar tomonidan tekshirilgandan so‘ng chaqaloq “Childline» (Bola yo‘li) loyihasiga topshirildi va unga Akanksha ismini qo‘yishdi.
Dengizda yo‘qolgan odam akula tomonidan qutqarildi
Tinch okeanida 15 hafta davomida bedarak yo‘qolgan polisiya zobitining aytishicha, uni qutqaruv qayig‘i yaqiniga akula olib borgan.
2012 yilda Toakay Teytoi uni ikki kutilmagan voqea - ichimlik suvi bilan ta’minlagan tropik yomg‘iri va aqldan ozgan akula bilan uchrashuv qutqarilishi sababchisi bo‘lganini aytdi:
- Olisdagi yana bir qayiq meni ko‘rmasdan o‘tib ketganidan keyin qutqarilishga umidimni yo‘qotdim, shunda juda g‘alati bir narsa yuz berdi, -eslaydi u. - Men katta zarba va qayig‘im tirnalayotganini his qildim. Yon tomonga qaradim va qayig‘im atrofida asosan korpusga urilayotgan olti metrli akulani ko‘rdim. Ungacha uxlab yotgandim, hushyor tortib, alanglab, bir kemaning orqa qismini ko‘rib qoldim.
Ko‘zlarimga ishonmadim... Agar o‘sha akula qayig‘imni turtib yubormaganida kema ekipaji meni muammoga duch kelmagan baliqchi, deb o‘ylab, yonimdan suzib o‘tishda davom etardi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.