Albaniyada namoyishlar suv purkagich va ko‘zni yoshlantiruvchi gaz yordamida tarqatildi
Albaniya politsiyasi Tirandagi namoyish aksiyasini tarqatish uchun suv purkagich va ko‘zyosh oqizuvchi gazdan foydalanishdi. Koronavirus tufayli qo‘yilgan cheklovlarga qaramasdan, mamlakatda manifestlar ketma-ket to‘rtinchi kun davom etmoqda.
8 dekabr kuni politsiya xodimi komendantlik soati paytida ko‘chaga chiqib, uning to‘xtash haqidagi buyrug‘iga bo‘ysunmagan yigitni otib o‘ldirdi. Huquqni muhofaza qilish organi xodimi hibsga olingan va ichki ishlar vazirligi rahbari iste’foga chiqarilganiga qaramay, namoyishlar to‘xtamadi.
Yakshanba kuni kechqurun namoyishchilar hukumatga qarshi shiorlar bilan Ichki ishlar vazirligi binosi va Tiran politsiya departamenti tomon yurishdi.
Avvalroq, o‘nlab yoshlar poytaxt shimolidagi «Sotsialistik partiya»ning shtab-kvartirasiga bostirib kirib, undan olib chiqilgan mebellarni yoqib yuborishdi.
To‘rt kunlik namoyishlar davrida politsiya 80 dan ortiq odamni hibsga oldi. Namoyishchilar bilan to‘qnashuvda 25 nafar huquq-tartibot xodimi jarohatlandi.
Hukumat zo‘ravonlik qo‘zg‘atishda oppozitsiyani aybladi. Markaziy - o‘ng (jamiyatdagi bosqichma-bosqich, evolyusion o‘zgarishlarga asoslangan ijtimoiy-siyosiy intilish) demokratik partiyasi bo‘layotgan namoyishlarni «So‘nggi yetti yil ichida keng tarqalgan korrupsiya va hukumat takabburligi natijasi», deb atadi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.