Aleksandr Lukashenko amaldagi hukumatni iste’foga chiqardi

Bu haqda Belarusning markaziy “Belarus 1” telekanali xabar berdi.

Hukumatni iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi buyruq 3 iyun kuni imzolangani ta’kidlanmoqda.

“Davlat rahbarining ushbu buyrug‘i u rasmiy nashr etilganidan so‘ng kuchga kiradi”, deya izoh berdi Belarus Prezidentining matbuot xizmati.

Oldinroq Lukashenko hukumatning yangi tarkibini shakllantirish borasida ishlar olib borilayotganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning yangi tarkibini shakllantirish ishlari olti oy ilgari boshlangan.