Aleksey Navalniy “Sharite” klinikasidan chiqarildi

Bu haqda klinika saytida ma’lum qilindi.

“2020 yilning 22 avgust sanasidan e’tiboran “Sharite” klinikasida davolangan Aleksey Navalniyning statsionar davolanishi tugatildi. Bemorning salomatligi kechiktirib bo‘lmas davolanishni to‘xtatish imkonini beradigan darajada yaxshilandi”, deyilgan Germaniya kasalxonasi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik muxolifatchi 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotgan vaqtda samolyotda salomatligi yomonlashdi. Havo kemasi shoshilinch ravishda Omskga qo‘ndirildi. Omsk kasalxonasida ikki kun davomida unga birinchi yordam ko‘rsatildi. Shundan so‘ng Navalniy Berlindagi “Sharite” klinikasiga o‘tkazildi. Oradan ikki yarim hafta o‘tganidan so‘ng, 10 sentyabr kuni Navalniy komadan uyg‘ondi.

Germaniya hukumatining ma’lum qilishicha, Navalniy tahlil natijalarida “Novichok” guruhiga mansub zaharli modda aniqlangan.