Aliment to‘lashdan qochib yurgan otaga jazo tayinlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumani sudining sud hujjatiga asosan qarzdor S.N. tomonidan undiruvchi G.Yo.ning foydasiga 2 nafar farzandilarining voyaga yetguniga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment pulini to‘lab borishi belgilangan.
Ammo alimentdan bo‘lgan qarzdorligini qasddan to‘lamasdan yashirinib yurganligi oqibatida S.N.ning qarzdorligi 20 million so‘mdan oshib ketgan.
Majburiy ijro byurosi Oqdaryo tumani bo‘limi tomonidan qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, u Jizzax viloyati Jizzax tumani, Ravot qishlog‘idan topildi.
Qarzdor S.N.ga Oqdaryo tumani ma’muriy sudining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47(4)-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Majburiy ijro byurosi Oqdaryo tumani bo‘limi.