Alimentchi ota jazoga tortiladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tumani sudining sud hujjatiga asosan qarzdor I.M. tomonidan undiruvchi D.J.ning foydasiga bir nafar farzandining voyaga yetguniga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment pulini to‘lab borishi belgilangan.
Qarzdor I.M. aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi sababli Past Darg‘om tuman ma’muriy sudining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47(4)-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Fuqaro I.M. ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan qasddan muttasil bo‘yin tovlab kelgan.
Bugungi kunga kelib uning qarzdorligi 17 million 981 ming so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Past Darg‘om tumani bo‘limi tomonidan fuqaro I.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Majburiy ijro byurosi Past Darg‘om tumani bo‘limi.