Alyaska uchburchagi

Bermud uchburchagini hamma biladi, Molebsk uchburchagi haqida eshitgan, ammo Alyaska uchburchagi ham borligidan ko‘pchilik xabardor emas.

Xo‘sh, Alyaska haqida biz nimani bilamiz? Bilganimiz shuki, sayyoramiz shimolidagi bu hudud bir paytlar Rossiyaga qarashli bo‘lgan va 200 yilcha avval Amerikaga arzimagan pulga sotib yuborilgan.Yana bilganimiz qidiruvchilar oltin izlab, neft topishgan. Hozir bu yerda kam odam yashaydi va xushmanzara joy bo‘lishiga qaramay, u yerga borishga hamma intilavermaydi. Asosiy transport uncha katta bo‘lmagan xususiy samolyot. Negaki, Alyaskada tayinli yo‘lning o‘zi yo‘q.

Ana shu tasavvurlar ortida dahshatli sir yashiringan. Gap shundaki, Alyaskada uchburchak shaklida sirli uchastka bor. Burchaklarida Juno,Ankorej va Barrou shaharlari joylashgan. Ushbu uchburchakda keyingi yarim asrda 20 mingdan ko‘proq odam bedarak yo‘qolgan. Boshqacha aytganda, bu yerda har kuni bitta odam yo‘qoladi. Ularning barchasiga jinoiy ish ochilgan, ammo shu paytgacha birortasi yopilmagan.

Odamlar g‘oyib bo‘lishini yovvoyi hayvonlar hujumi yoki jinoiy harakatlar bilan izohlashga urinishlar zoye ketdi. Negaki, har ikkala holatda ham qurbon bo‘lgan odamdan qandaydir iz qolishi kerak-ku. 20 ming kishi jasadini nom-nishon qoldirmay yashirishning aslo iloji yo‘q. Buning ustiga g‘oyib bo‘lish shunchaki «O‘rmonga borgan-u,qaytib kelmagan»day ko‘rinmaydi. Juda sirli va shubhali.

Misol uchun, 1950 yil yanvarda AnkorejdanMontara shtatidagi Gret-Fopisga bortida 44 nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan Douglas C-54 Skymacter samolyoti havoga ko‘tarildi. Uchishdan 2 soat o‘tib, samolyot radarlardan g‘oyib bo‘ldi.Qidiruv hech qanday natija bermadi - na samolyot parchalari, na odamlar qoldig‘i topilgan. Bu fojia AQShda hozirgacha harbiy xizmatchilarning eng ko‘p yo‘qolishi sifatida eslanadi.

1972 yilda aynan ana shu hududda kongressmen Xeyl Bobgisning xususiy samolyoti izsiz g‘oyib bo‘ldi. Qidiruvda na samolyot, na egasi topilgan.Hodisalarga u joylarda NUJlar kuzatilishi,shuningdek muntazam “Qor odam bilan uchrashuvlar yanada sirli tus  beradi. Ayrim tadqiqotchilar takidlashicha, Alyaska uchburchagida allaqanday g‘ayritabiiy elektromagnit maydoni bor, ehtimol,u parallel olamga yo‘lak ochadi. Bu fantastik taxminday tuyulsa-da, odamlar g‘oyib bo‘lishiga birmuncha yaqinroq izohga o‘xshaydi.Ammo u qanday ro‘y berishini hech kim tushuntirib bera olmaydi.

Mudofaa vazirligining razvetka boshqarmasi tahlilchilaridan biri XX asr oxirida o‘zining shaxsiy tekshiruvini o‘tkazdi. U tekshiruvni yakunlagach, Alyaska uchburchagida kamida uchta o‘zga sayyoraliklar bazasi aniqlanganini bildirdi.Ulardan biri Alyaskaning sharqiy qismida Xeys tog‘i etagida joylashgan. Ufologlar ushbu bazaga kira olmagan bo‘lsa-da, uning mavjudligiga shubha qilishmaydi. Ammo Alyaskada o‘zga sayyoraliklar paydo bo‘layotganiga hech qanday dalil yo‘q. Unda odamlar qayerga g‘oyib bo‘lyapti? Bu sirligicha qolmoqda.

T.Shomurodov tayyorladi.