Alyaskada vaksinaga kuchli allergik reaksiya qayd etildi

AQShda BioNTech/Pfizer koronavirus vaksinasiga kuchli allergik reaksiya qayd etildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Alyaskada bir tibbiy xodimda dori qo‘llanilgandan 10 daqiqa o‘tgach, kuchli allergiya boshlandi. Vaholanki, ayolning anamnezida allergiyaga moyillik qayd etilmagan. Ayni paytda u kasalxonaga yotqizilgan, ahvoli barqaror.

Kompaniya vakillari voqeani puxta tekshirishga va’da berishdi. Shuningdek, ular ayni paytda ro‘y bergan vaziyat xususida batafsil ma’lumotga ega emasliklarini bildirishdi. Kompaniya shtat hukumati bilan faol hamkorlik qilmoqda, deya xabar beradi CNN.

Avval kasalliklar nazorat qilish va oldini olish federal markazi rahbariyati AQShda favqulodda vaziyat holatlarda BioNTech/Pfizer vaksinasini qo‘llashni ma’qullagan edi.

Bugungi kunda dunyoda bir nechta COVID-19 vaksinalari mavjud. Rossiyada ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tgan – «Sputnik V» va YepiVacCorona. 5 dekabr kuni Moskvada koronavirusga qarshi «Sputnik V» preparati bilan emlash boshlandi. AQSh Pfizer/BioNTech vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi va navbatda «Moderna» vaksinasi. Shuningdek, Britaniyaning “AstraZeneca” farmatsevtika kompaniyasi AZD1222 vaksinasi kombinatsiyasi bo‘yicha klinik sinovlar olib bormoqda.