Amerika Oy atrofini o‘rab olmoqchi

AQSh kosmik kuchlari tadqiqot laboratoriyasi Oyni boshqa mamlakatlar tashrifidan to‘sish uchun atrofini patrul yo‘ldoshlar bilan o‘rab olmoqchi.

Bu tungi yoritkichda Amerikaga taxdid soladigan birorta qurolni yashirishning oldini olar emish.

Ayni paytda Amerika oy atrofida 35 ming kilometr hududni kuzatuvga olgan. Agar loyiha amalga oshsa, bu bir necha martaga oshadi.

Plastik zahar

Kopengagen universiteti olimlari ko‘p marta ishlatiladigan plastik idishlarni sinchiklab o‘rgandi.

Ma’lumki, plastik idishlardan, ayniqsa, tashnaligini qondirishda sportchilar ko‘p foydalanishadi. Aniqlanishicha, yuvish mashinasidan o‘tgan plastik idishlar juda ko‘p zaharli modda ajratar ekan. Hatto, oqar suvda chayib olingan idish salomatlik uchun o‘ta zararli modda ajratadi, deydi olimlar.

Uzoqqa yurish shart emas

Ko‘pchilik sog‘lom bo‘lishi uchun har kuni albatta 10 ming qadam yurishi zarur, deb hisoblaydi. Massachusets universteti olimlari esa 2000 kishidan ko‘proq odamlar ishtirok etgan tadqiqotdan keyin boshqa xulosaga keldilar.

O‘rtacha yoshdagi odamlar uchun sog‘lig‘ini saqlash va bevaqt o‘lim xavfini 50-70 foizga kamaytirish uchun bir kunda 6 ming qadam yurish kifoya ekan.

Xorij OAV xabarlari asosida T.Shomurodov tayyorladi.