Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan yana bir firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, fuqaro A.A fuqaro M.A.ni 14 000 AQSh dollari evaziga "Samarqand-Istambul-Madrid-Nikaragua" yo‘nalishi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilib, shundan 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.