Amerikada dunyoda birinchi marta butun ko‘z transplantatsiyasi amalga oshirildi: Operatsiyada 140 ta shifokor ishtirok etdi

Bu haqda Nyu-Yorkning Langone universiteti saytida e’lon qilindi.

"Universitet jarrohlar jamoasi ish paytida yuqori kuchlanishli elektr tokidan jarohat olgan 46 yoshli shaxsga dunyoda birinchi bo‘lib to‘liq ko‘z va yuzning qisman transplantatsiyasini amalga oshirdi", — deyiladi xabarda.

140 dan ortiq jarroh, hamshira va feldsher 27 may kuni soat 21:00 atrofida operatsiyani amalga oshirgan edi. Transplantatsiya qilingan ko‘z bu vaqt ichida "ajoyib salomatlik belgilarini" ko‘rsatdi, ammo bemor ko‘ra oladimi yoki yo‘qmi hali noma’lum. Shuningdek, erkak chap qo‘li, yonog‘i, iyagi, butun burni, lablari va old tishlarining bir qismini yo‘qotgan.

Matbuot xabariga ko‘ra, bu yagona muvaffaqiyatli kombinatsiyalangan transplantatsiya hisoblanadi.