Amerikada portlovchi magma aniqlandi
Olimlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yelloustoun milliy bog‘ida xususiyatlarini o‘zgartirgan magma o‘chog‘ini aniqlashdi. Yexpress ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu maydon supervulqon (otilishi natijasida sayyora iqlimini o‘zgartirishga qodir) sathidan taxminan besh kilometr pastlikda joylashgan.
Xususan, Yelloustoun vulqoni rasadxonasi olimi Mayk Polandning izoh berishicha, ancha chuqur yer ostida magniy erishi anomaliyasi qayd etilgan. U butun supervulqon tizimini tashkil etuvchi ko‘plab magma kameralaridan ikkitasini oziqlantiradi.
Shubhali magma kameralaridan biri juda chuqur - taxminan 24 kilometrni tashkil etadi va juda past darajadagi yelim shaklli magma bilan to‘ldirilgan. O‘z navbatida, bu magma o‘zidan yuqorida bo‘lgan boshqa riolit (kislota tarkibli magmatik vulqonli tog‘ jinsi) zaxirasini oziqlantiradi. Shundan magma yopishqoq va portlovchi bo‘ladi. Polandning ta’kidlashicha, aynan shu o‘choq yer yuzidan besh kilometr pastlikda bo‘lib, Yelloustounning xavf tug‘diruvchi ba’zi qismlariga to‘g‘ri keladi.
Yelloustoun qo‘riqxonasi - AQShning eng katta milliy bog‘lardan biri. Uning maydoni 3825 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Yelloustoun kaldera (vulqondan paydo bo‘ladigan, sirk maydoni shaklidagi, asosan tik devorli, tubi tekis yoki nimtekis bo‘lgan hafzalar)ning o‘lchami 55 kilometrdan 72 kilometrgacha. Supervulqon deyilishining sababi shundaki, agar u qo‘zg‘alsa, global vayrongarchiliklar keltirishi mumkin. Supervulqon otilishi o‘rtacha har yarim million yilda sodir bo‘ladi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, kelajakda vulqon otilishi darajasi 10 ball, deb baholanmoqda. Portlaganda Yelloustoun vulqoni kulni 58 kilometr balandlikka uloqtiradi, otilish radiusi esa epitsentrdan 800 kilometrni tashkil etadi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.