Amir Temur tangalaridagi so‘zlar, raqamlar, tamg‘a qanday ma’noni bildirgan?

Ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan ko‘plab tarixiy yodgorliklar va qo‘lyozmalar asrlar davomida boshqalar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin, biroq tangalardagi yozuv va tasvirlar asl holicha saqlanadi. Ulardan uzoq o‘tmishni o‘rganishda aniq va muhim manba sifatida keng foydalanish mumkin. Xususan, Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida zarb etilgan sifatli turli tangalar ana shunday xususiyati bilan qimmatli.

Amir Temur saltanatida ko‘p sonli mis, kumush va oltin tangalarni bosib chiqaruvchi zarbxonalar mavjud bo‘lgan. Zarb qilingan tangalarda turkcha, arabcha, forscha so‘zlar bitilgan.

Amir Temur tangalari reversida asosan tanga zarb etilgan joyning nomi, sanasi so‘zlar yoki raqamlar bilan kalima va to‘rt xalifa nomi, uchta halqadan iborat tamg‘a bo‘lgan. Uch halqa Sohibqironning dunyoning uch qit’asi hukmdori ekanligini bildirgan.

Temur va temuriylar davridagi XIV-XV asrga tegishli ushbu noyob tangalar Mirzo Ulug‘bek madrasasi muzeyida saqlanyapti.

Jasur Toshpo‘latov,
Registon ansambli gid ekskursovodi.