Amsterdam, Basra, Yangi Orlean, Venetsiya... suv ostida qoladimi?

Olimlarning global issiqlik oqibatida suvga cho‘kib ketishi mumkin bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini tuzdi.

Agar ular tomonidan tuzilgan xaritaga ishoniladigan bo‘lsa, 2030 yilga borib Niderlandiyaning Amsterdam, Iroqning Basra, AQShning Yangi Orlean, Italiyaning Venetsiya, Vetnamning Xoshimin, Hindistonning Kalkutta shaharlari suv ostida qoladi.

Asr o‘rtalariga borib dunyo okeani suv sathi 20 santimetrga ko‘tariladi. Bu, ayniqsa, Janubi-Sharqiy Osiyo shaharlariga tahdid soladi.

***

Rossiyaning «Alrosa» kompaniyasi Dubayda kimoshdi savdosiga o‘zining eng yirik 242 karat og‘irlikdagi olmosini qo‘ydi.

Kichik koptokcha hajmidagi qimmatbaho tosh bundan o‘n yil avval Uzoq Sharqda topilgan. Kimoshdi savdosida dastlabki narxi 2 million dollar. Narx bir necha martaga oshishishi mumkin.

***

Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, katta yoshdagi odam sutkada o‘rtacha 7 soat uxlar ekan. Hayvonlardan jirafa sutkada o‘rtacha 2 soat, mushuk 12 soat, ko‘rshapalak 2 soat, ot 3 soat, ilon 18 soat, maymun 12 soat «mizg‘ib» olar ekan.

T.Shomurodov tayyorladi.