An’anaviy bozorlardan qachon voz kechamiz?

Prezidentimizning 2024 yil 29 noyabrda “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, vazifalar beligilandi.
Unga ko‘ra, 2025 yilda 1,8 milliard dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilish orqali 129 ta hududiy investitsion loyihani amalga oshirish hamda 850 million dollarlik mahsulotlar eksportini amalga oshirish belgilangan.
Viloyatning Nurobod tumanida 482,7 gektar, Kattaqo‘rg‘on tumanida 373,8 gektar, Paxtachi tumanida 291,5 gektar bo‘sh turgan yer maydoniga joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 129 ta investitsiya loyihasi hududdan kelib chiqqan holda joylashtiriladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi, Savdo sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda an’anaviy bozorlar o‘rniga Yevropaning yuqori qiymatli Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlariga GSP+ imkoniyatlaridan keng foydalangan holda eksport hajmlarini oshirish belgilandi. Shuningdek, xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda eksportchi korxonalar ishtirokini ta’minlash vazifasi yuklandi.