Andijondagi ko‘pqavatli uyda portlash sodir bo‘ldi (video)
Bugun, 4 dekabr kuni soat taxminan 14:00 larda Andijon viloyati Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida qo‘lbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘indan uyning 4 ta xonadoni zarar ko‘rgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joyda 8 nafar fuqarolar kasalxonaga murojaat qilganlar, qurbonlar yo‘q.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.
Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida fuqarolardan xonadonlari va boshqa binolarda faqat davlat standartlariga javob beradigan uskunalardan foydalanishni va gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo‘qligiga e’toborli bo‘lishni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni so‘ramoqda.