Anqara Stokgolmdagi antiturk namoyishlar tufayli Shvetsiya Mudofaa vazirining Turkiyaga tashrifini bekor qildi

Turkiya hukumati Shvetsiya mudofaa vaziri Pol Yonsonning 27 yanvarga mo‘ljallangan respublikaga tashrifini Stokgolmda bo‘lib o‘tgan Turkiyaga qarshi namoyishlar tufayli bekor qildi. Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vaziri shanba kuni Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasida G‘arb davlatlari mudofaa vazirliklari rahbarlarining yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Prezidentimiz va Turkiyaga nisbatan ushbu jirkanch harakatlar natijasida hech qanday chora ko‘rilmaganini ko‘rib, afsusdamiz. Shuning uchun ayni damda Shvetsiya Mudofaa vaziri Yonsonning 27 yanvar kuni Turkiyaga tashrifining ahamiyati va ma’nosi endi yo‘qolib bormoqda. Shu sababdan tashrifni bekor qildik”, dedi u.
AR agentligi nashri ma’lum qilishicha, Ayni paytda Turkiya va kurdparast guruhlar Stokgolmda parallel namoyishlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun alyansga a’zo barcha davlatlarning roziligini talab qiladigan arizalarini shu paytgacha ma’qullashdan bosh tortdi.
Daniyalik o‘ta o‘ngchi faol Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi yaqinida Qur’onni yoqib yuborish niyatida norozilik namoyishi o‘tkazish uchun politsiyadan ruxsat olgani ma’lum bo‘ldi. Shvetsiya fuqaroligiga ega bo‘lgan faol Rasmus Paludan avvalroq Daniya va Shvetsiyada ham shunga o‘xshash norozilik namoyishlarini o‘tkazgan, ularning ba’zilari qattiq qarshi namoyishlarga sabab bo‘lgan.