Antarktidadagi maxfiy baza

Tarixiy kitob va rasmiy taxminlarda Antarktida 1820 yilda F.Bellinsgauzen va M.Lazerev boshliq rus ekspeditsiyasi tomonidan ochilgani yozilgan. Ammo nemis arxivchilari aniqlagan qadimiy xaritaga ko‘ra, Antarktida undan ancha ilgari ma’lum bo‘lgan.

Bu 1513 yilda turk admirali Pir Reys tomonidan tuzilgan xaritada yaqqol aks etgan (U 1929 yilda Berlin arxivlaridan birida aniqlangan). Keyinchalik 1737 yilda fransuz geografi Flipp Buashe tomonidan 1532 yilda tuzilgan boshqa yana bir xarita aniqlangan. Bu xaritalarda hali muz bilan qoplanmagan Antarktida hayratli darajada aniq tasvirlangan.

Xo‘sh, rossiyaliklar kashfiyotigacha bir necha asr oldin yashagan odamlar qo‘liga Antarktida haqida malumotlar qayerdan paydo bo‘lgan?

Reys va Buashining o‘z yozuvlarida yakdillik bilan ta’kidlashlaricha, xarita tuzilishida qadimgi yunon asl nusxalaridan foydalanilgan. Bundan kelib chiqadiki, qadimgi yunonlar o‘z kemalarida Antarktidaga borgan yoki qandaydir yuksak rivojlangan sivilizatsiyadan xarita materiallarini olishgan. Albatta, bu hali sayyoramiz qiyofasini butunlay o‘zgartirib yuborgan global iqlim - Antarktidani muz qoplashidan avval bo‘lgan.

…Qadimgi german tarixi va ajdodlar tarixini o‘rganish bo‘yicha “Anenerbe” nemis jamiyati o‘z e’tiborini Antarktidaga qaratdi. “Anenerbe” Genrix Gimmer tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, uning oldiga ilmiy tadqiqotlar qatorida inson organizmi tuzilishi bilan bog‘liq maxfiy imkoniyatlarni ochish vazifasi qo‘yilgan edi. Natsist olimlari uchun afsonaga ko‘ra ulkan dengiz kemalari, aqlbovar qilmas tezlikda harakatlanuvchi uchuvchi apparatlar yaratishga yordam bergan atlantlar texnologiyasi alohida qiziqish uyg‘otgandi. “Anenerbe” sayyora qutbida Yer ostiga kiriladigan ulkan yo‘lak borligini taxmin qilardi. Aynan ana shu taxmin XX asrning 30-yillarida fashistlarni muz bilan qoplangan Yer sharining olis hududi qiziqtirib qo‘ygandi. Gitler ko‘rsatmasi bilan 1938-1939 yillarda ikki antarktik ekpeditsiya tashkil etildi.

Uchuvchilar ulkan hududni nafaqat tadqiq qildilar, balki Antarktida uchinchi reyxga tegishli ekanligini mustahkamlash uchun muzlikka svastikalar tashlashdi. Ekspeditsiya rahbarlari shaxsan Fyurerga bundan keyin Antarktida reyxga tegishli ekanligini ma’lum qildilar. Mavjud farazlarga ko‘ra, 1940 yildan boshlab Antarktidada “Baza 211” kod nomi bilan ob’yekt yaratilib, o‘ta maxfiy ishlar olib borilgan. Ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, mashhur olim V.Shumning elektrodinamik mashinalari nafaqat o‘z atrofida, balki havoda vaqtdan tez aylangan. "Uchar disklar" ustida boshqa yana bir nemis olimi V.Shauberger ish olib borgan. Yer osti aviatsiya zavodida tayyorlangan shunday disklar - likopchalar aylanasi 26 metr bo‘lib, soatiga 6 ming kilometr tezlikda 50 soat vaqt davomida ucha olgan. To‘qqiz kishidan iborat ekipaj shu tariqa fazoda parvoz qilgan.

Sovet maxsus xizmat xodimlari urush so‘ngida Berlin arxivida Gitlerning mashhur diversant arzandasi Otto Skorsen 1943 yil boshlarida "uchuvchi disklar" va uchuvchi boshqaradigan raketalarni boshqarish uchun otryad tuzish haqida Fyurerdan buyruq olganini tasdiqlovchi xujjatlarni topadi. Nufuzli ekspertlarning ta’kidlashlaricha, 1942 yilda nemislar konslagerlardan minglab tutqinlarni suvosti kemasida Antarktidadagi “Yangi Shvabi” deb atalgan maxfiy bazaga olib kelgan. Shuningdek, kemalarda ko‘zga ko‘ringan olimlar, harbiylar, siyosatchilar oilasi bilan kelishgan.

1946 yilda AQSh butun dunyoni kelajakda oliy irq maskaniga aylantirishni maqsad qilgan natsistlarni Antarktidadagi “Yangi Shvabi” bazasini tag-tomiri bilan yo‘q qilishga buyruq berdi. Avianosetslar va kema eskadralari Antarktidaga yo‘l oldi. Ammo... ularni uchuvchi disklar va g‘alati atmosfera hodisalari qarshi oldi. Samolyotlar, kemalar, shaxsiy tarkibda jiddiy talafot ko‘rgan amerikaliklar operatsiyani to‘xtatib, sarosimada orqaga qaytishdi. Ekspertlarning fikricha, Antarktida nemis bazasi hozir ham ishlab turibdi. Bunga Janubiy qutbda NUJlar kuzatilayotgani misoldir. Bu haqda aniq ma’lumotlarni faqat kelajak ekspeditsiyalar berishi mumkin.

Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.