Apple kompaniyasi o‘z qurilmalarida Qrim haqidagi xatoni tuzatdi

Apple kompaniyasi o‘zining qurilmalaridagi kartalarda Qrim yarimorolining statusini tuzatdi. Bu haqda Davlat Dumasidagi axborot siyosati komiteti rahbari Leonid Levin OAVga xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Apple ning turli qurilmalarida Qrim allaqachon Rossiya hududi sifatida ko‘rsatilmoqda. Ammo, yaqingacha Apple ning ob-havo ma’lumotlarini beruvchi bo‘limida Qrim yarimorolidagi shaharlar Ukraina shaharlari sifatida ko‘rsatilib kelingan.

Yaqinda bu haqda Apple ga e’tirozdan iborat murojaat qilindi. Shundan so‘ng kompaniya Qrimdagi shaharlarni Rossiya shaharlari sifatida ko‘rsatadigan bo‘ldi.

"Qrimdagi shaharlar Rossiya shaharlari hisoblanadi va xalqaro xaritalarda ular Rossiya shaharlari  sifatida ko‘rsatilishi lozim. Apple yaqinda o‘z xatosini tuzatdi va endi Qrim shaharlari ham Rossiya shaharlari sifatida ko‘rsatilyapti", dedi Levin.

Eslatib o‘tamiz,  jahonga mashhur qidiruv tizimi bo‘lgan Google korporatsiyasi 2019 yil, 12 mart sanasidan boshlab o‘z xaritalarida Qrimni Rossiya hududi deb ko‘rsata boshlagandi.