AQSh yadroviy triadasining uchdan ikki qismi shay holatda ekani aytildi
Amerika strategik yadroviy kuchlarining uchdan ikki qismi foydalanish uchun doimiy jangovar shay holatda, deb xabar tarqatdi AQSh Harbiy-havo kuchlari strategik qo‘mondonligi.
“Mamlakatning himoyalangan, xavfsiz, ishonchli, samarali yadroviy triadasining uchdan ikki qismi mojaroda g‘alaba qozonishga doim tayyor”, — deyiladi ma’lumotda.
Amerika olim-atomchilar byulleteni ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hozirda strategik yetkazib berish vositalarida taxminan 1,7 ming yadroviy kallaklarga ega.
Amerikalik ekspertlarning fikriga ko‘ra, 1370 ta yadro kallaklari 400 ta shaxtaga asoslangan Minuteman III qit’alararo ballistik raketalarida va 280 Trident II D5 ballistik raketalari 24 ta strategik yadroviy suv osti kemalarida joylashtirilgan.
Bundan tashqari, strategik bombardimonchi va yashirin bombardimonchi samolyotlari 300 ta yadro kallaklarini otish uchun tayyor. Yana 100 ta taktik yadroviy bomba Yevropadagi havo bazalarida joylashgan.