AQShda 1901 yildan beri o‘chmagan lampochka bor

Bitta cho‘g‘lanma lampochka qancha vaqt yonishi mumkin?

Odatda bunday lampochkalarning yonishiga ming soat kafolat beriladi. Boshqacha qilib aytganda, chiroq o‘rtacha umumiy davomiyligi 42 kun uzluksiz ishlashi mumkin. 

Norasmiy ravishda “Yuz yillik chiroq” deb nomlangan qurilma Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi aholi punktidagi o‘t o‘chirish stansiyasida 123 yil davomida porlab turadi.

U haqida nima deyishadi?

Qurilma “The Shelby Electric Company” tomonidan ishlab chiqarilgan.

1901 yilda ish boshlagan lampochka dastlab yong‘in bo‘limida, keyin garajda, keyin shahar munitsipalitet binosida osib qo‘yilgan. Ushbu chiroq Kaliforniyadagi kichik Livermor shahrining o‘t o‘chirish bo‘limida 1976 yilda paydo bo‘lgan.

U juda ravshan yonmaydi va faqat bir necha marta o‘chirilgan, xolos. 123 yillik deyarli uzluksiz ishlash paytida u hech qachon kuyib qolmagan.

"Qurilmaning bunday uzoq ishlashining siri uning juda kam quvvatligida, — deydi mutaxassislar. — Bundan tashqari, lampochkani yaratishda volfram tolalari emas, balki uglerod tolalaridan foydalanilgan. Keyinchalik bunday ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilgan.

 

Chiroq haqiqatan ham 1901 yildan beri ishlaydimi?

“Yuz yillik chiroq”ning o‘ziga xosligi haqidagi bayonotlar shaharning eski odamlari, shuningdek, bu yerda uzoq vaqt yashab vafot etganlarning xotiralariga asoslangan.

Amerikalik jurnalistlar birinchi marta g‘ayrioddiy qurilmani faqat 1972 yilda payqab olishdi.

Mutaxassislar hozir ham lampochkani “kuzatishda davom etmoqda”. Shu sababli, uning so‘nggi bir yillar davomida hali ham uzluksiz ishlab turgani haqidagi dalillar mavjud.

Har holda, “Yuz yillik chiroq” "Ginnesning rekordlar kitobi"da eng chidamli lampochka sifatida qayd etilgan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.