AQShda cho‘chqa yuragi transplantatsiyasi qilingan odam vafot etdi

Devid Bennet – tarixda cho‘chqa yuragi ko‘chirib o‘tkazilgan birinchi odam edi. U geni o‘zgartirilgan hayvonning organi bilan ikki oy yashadi.



Shifokorlar o‘lim sababini aniqlashmadi. Bennetning ahvoli og‘irlashishi o‘tgan hafta boshlangan.

Robert Montgomeri, transplantatsiya bo‘yicha jarroh:

"Biz optimist bo‘lib qolamiz va ksenotransplantatsiya organlar yetishmovchiligi muammosini hal qilishi mumkinligiga umid qilamiz, chunki har yili AQShda transplantatsiyaga yetmasdan 6000 ga yaqin odam vafot etadi".

Bennet juda og‘ir xastalikdan aziyat chekardi va bir qancha yirik tibbiyot markazlari uning ahvoli yaxshilanishiga umidsizlanib unga yurak transplantatsiyasini rad etishdi. Shuning uchun ksenotransplantatsiya unga so‘nggi imkon edi.