AQShda dunyodagi eng kichik yurak kardiostimulyator ishlab chiqildi

U asosan tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
Shprits orqali organizmga kiritiladigan ushbu qurilmani Shimoliy-G‘arbiy universitet muhandislari yaratdi. Bu ixtironing noyob tomoni shundaki, kardiostimulyator o‘z vazifasini bajargandan so‘ng organizm ichida to‘liq eriydi. Bu uni qayta operatsiya orqali olib tashlashga ehtiyoj qoldirmaydi.
Bu, ayniqsa, yuragiga operatsiya qilingan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun juda muhim. Chunki ularga ko‘pincha vaqtincha elektr stimulyasiyasi talab qilinadi.