AQShda harbiy samolyot qulab tushdi
AQShning Texas shtatida harbiy samolyot qulab tushishi oqibatida ikki uy vayron bo‘ldi, deya xabar beradi Fort-Uort yong‘in va qutqaruv xizmati.
“Jarohatlangan ikki-uch nafar kishiga yordam ko‘rsatilmoqda”, deb yozdi o‘t o‘chiruvchilar Twitterda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, halokatga harbiy o‘quv samolyoti uchragan. Bu AQSh harbiy-dengiz kuchlari bazasi joylashgan Fort-Uortga qo‘shni bo‘lgan va u bilan Dallasning g‘arbiy chekkasini tashkil etuvchi Leyk Uort shahrida sodir bo‘ldi.
Mahalliy WFAA media kompaniyasi politsiya va shifokorlar ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, ikkala uchuvchi ham katapult orqali hayotini saqlab qolgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi kadrlarda past qavatli turar-joy maydonidan qora tutun ko‘tarilgani ko‘rsatilgan.