AQShda koronavirus bilan bog‘liq muhim yangilik yaratish arafasida turgan olim otib o‘ldirildi

Koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq izlanishlar olib borayotgan Pittsburg universiteti mutaxassisi Bin Lyu o‘lik holda topildi, deb xabar berdi People jurnali.

Nashriyotning ma’lum qilishicha, 37 yoshli mutaxassisning jonsiz tanasi shanba topilgan. Biroq bu haqdagi ma’lumot keng ommaga endi ma’lum qilingan. Bin Lyuni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan qotil ham o‘z avtomobilida o‘lik holda topilgan. Politsiyachilarning taxminiga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan.

“Bin koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq muhim yangilik yaratishga yaqin turgandi”, deya ta’kidladi marhum mutaxassisning hamkasbi.

Uning hamkasblari Bin boshlagan ishni yakuniga yetkazishga va’da berishdi.