AQShda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi

Amerika Qo‘shma shtatlar pandemiya bilan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatda (deyarli 17 million yuqtirgan va 300 mingdan ortiq o‘lim) Pfizer/BioNTech preparati yordamida dushanba kuni ommaviy emlash boshlandi. Birinchi kuni vaksina 145 ta ko‘chma ambulatoriya-poliklinikalarga yetkazilib, u yerda emlash ishlari boshlab yuborildi.

Preparatni yetkazib berish uchun murakkab logistik qoidalarga rioya qilish talab qilinadi. Ulardan biri - vaksinani -70 gradus haroratda saqlash. Bu Antarktika qishidan ham sovuqroq muhit zarur degani.

Ikkinchi qoida - emlash faqat to‘rt marta bir joydan boshqa joyga ko‘chirilishi mumkin. Undan keyin u profilaktik xususiyatlarini yo‘qotishi mumkin. Pfizer/BioNTech mutaxassislari vaksina samaradorligini 95 foiz deb baholashmoqda.

Ma’lumki, vaksina sinovining so‘nggi bosqichida oltita o‘lim sodir bo‘lgan edi. Platsebo guruhidan ikki kishi va to‘rtta vaksina ukol qilingan ishtirokchi vafot etgan. Ammo ularda og‘ir surunkali kasalliklar borligi inobatga olingan.

Seshanba kuni yana 425 ta ambulatoriya-poliklinikalar ushbu dorini qabul qilib oladi. Vaksinalash WarpSpeed operatsiyasi deb nomlanib, uni AQSh armiyasi generali Gustav Perna boshqarmoqdi.

Avvalo, emlash shifokorlar va qariyalar uyida yashovchilarga beriladi.