AQShda ob-havo yomonlashgani tufayli 2000 dan ortiq reyslar bekor qilindi
AQShning markaziy va sharqiy shtatlarida qor bo‘roni va past harorat tufayli 23 dekabr kuniga belgilangan ikki mingdan ortiq reyslar bekor qilindi, deb xabar bermoqda FlightAware portali.
Bir kun avval portal yomon ob-havo va qattiq sovuq tufayli 2294 ta reys bekor qilingani va 7205 tasi kechiktirilgani haqida xabar bergan edi.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, bugun mamlakatdan yoki mamlakat ichida uchadigan yana 2075 ta rejalashtirilgan reyslar bekor qilingan va yana 1439 tasi kechiktirilgan.
AQSh Milliy ob-havo xizmati ma’lum qilishicha, qor bo‘roni AQShning aksariyat hududlarida hafta oxirigacha davom etadi. Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli Arktika fronti yaqinlashishi munosabati bilan mamlakatning sharqiy va markaziy qismlari kuchli sovishi kutilmoqda.