AQShda olib qochilgan politsiya avtomobili ishtirokidagi avtohalokat natijasida ikki yosh bola halok bo‘ldi

AQShda olib qochilgan politsiya avtomashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida ikki nafar yosh bola halok bo‘ldi va kamida o‘n kishi jabrlandi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa Ogayo shtatining Deyton shahrida, Dayton Metro Library kutubxonasi binolarining biri yonida sodir bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, jabrlanganlar orasida kamida yetti nafari yosh bolalar. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, uch nafar jabrlanganlarning ahvoli o‘ta og‘ir, shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda. Politsiya avtomobilini olib qochishda gumon qilinayotgan shaxs ham kasalxonaga yotqizilgan.

“Men dahshatga tushib qoldim. Avtomobil qismlari ko‘cha bo‘ylab sochilib ketdi”, - voqea guvohlaridan biri so‘zlab berdi.

Ayni damda voqea joyida huquq himoyachilari ish olib borishmoqda, sodir bo‘lgan voqeani barcha holatlari o‘rganilmoqda.