AQShdan Xitoy, Kanada va Meksikaga qarshi tarif urushi. Eron suyak to‘qimasini tez tiklovchi pasta yaratdi
🔹 Yevropa Ukraina uchun qurol sotib olishga 150 milliard yevro sarflamoqchi. Shuningdek, YeK Yevropa mamlakatlarida mudofaa xarajatlarini oshirishni taklif qiladi. Xullas, Tramp qit’ada Amerika ishtirokini cheklasa, Yevropa Ukrainani bosqindan himoya qilishda faollashmoqda.
🔹 Hindistondan Qozog‘istonga “Shimol-Janub” yo‘lagi bo‘ylab birinchi konteyner poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yo‘nalish Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston orqali o‘tadi.
🔹 AQSh Hukumat samaradorligi departamenti rahbari, milliarder Ilon Mask Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni iste’foga chiqish va mamlakatni tark etib, neytral davlatga o‘tishga chaqirdi.
🔹 Tramp Xitoy, Kanada va Meksikaga qarshi tarif urushini boshladi. Import bojlarining oshishi kuchga kirdi. Yangi tariflar kuchga kirganidan bir necha daqiqa o‘tib, Xitoy javob choralarini e’lon qildi. Xitoy ham Amerika mahsulotlariga qo‘shimcha bojlar joriy etish orqali javob berdi. Shuningdek, Kanada ham javob tariflarini joriy etmoqchi.
🔹 Ukraina parlamenti rahbariyati Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp, Kongress va amerikaliklarga murojaat e’lon qildi. Oliy Rada saytida e’lon qilingan hujjatda ta’kidlanishicha, AQShning Ukrainani o‘z tarixining eng og‘ir damlarida qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Oliy Rada AQShga Ukraina xalqi nomidan mamlakat mustaqilligini qo‘llab-quvvatlagani va harbiy yordam ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
🔹 Hindiston avtomobil va elektronika ishlab chiqaruvchi yetakchi mamlakatlardan biriga aylandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi bayonot berdi.
🔹 Eron fan va texnologiya universiteti tadqiqotchisi Mehri Sohrabiy suyak to‘qimasini tiklash jarayonini tezlashtiradigan bioaktiv ineksiya pastasini yaratdi. Yangi in’yeksiya pastasi an’anaviy suyak payvandlash materiallari kamchiligi, operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini bartaraf qiladi.
🔹 Indoneziya poytaxtida kuchli suv toshqini kuzatilmoqda - 200 dan ortiq uy suv ostida.
🔹 Yaponiyaning Ivate prefekturasida salkam bir haftadan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari taxminan 2,6 ming gektar maydonni qamrab oldi va 1,2 mingdan ortiq odamning evakuatsiya qilinishiga olib keldi.