Aravalardan tortib, zamonaviy sportkar avtomobillarigacha...
Ferrari, Chevrolet, BMW kabi mashhur brendlarning birinchi avtomobillari qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?
Hayotimizning ajralmas qismiga aylangan avtomobillar brendlari va modellari ixcham xetchbeklaridan tortib, hashamatli sport avtomobillarigacha hayratlanarli va xilma-xil. XIX asr oxiri, XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan avtomobil sanoatining birinchi modellari zamonaviy mashinalarga o‘xshamasdi va bir vaqtlar avtomobil markalarining aksariyati "o‘ziyurar faytunlar" deb atalgan.
“Ferrari 125 S” (1947) va “Ferrari 12 Cilindri”(2024)
Ferrari o‘zining “Ferrari 125 S” modeli debyutini 1947 yilda qildi. Afsonaviy muhandis Joakkino Kolombo tomonidan ishlab chiqilgan ushbu avtomobil 118 ot kuchiga ega edi. U poygalarda qatnashib, brendning poyga merosi boshlanishini belgiladi.
2024 yilda chiqarilgan 830 ot kuchiga ega zamonaviy “Ferrari 12 Cilindri” esa 3 soniyadan kamroq vaqt ichida 100 km/soatgacha tezlikni oshiradi va 340 km/soatgacha maksimal tezlikka erisha oladi. Ferrari aqlbovar qilmaydigan kuch va hashamatli dizaynni birlashtirgan avtomobillarni yaratishda davom etmoqda.
BMW 3/15 (1927) va BMW M2 (2023)
Kompaniya o‘zining birinchi “BMW 3/15” kichik shahar avtomobilini 1927 yilda Britaniyaning “Austin 7” lisyenziyasi ostida yaratdi. Ommaviy bozor uchun oddiy, taxminan 15 ot kuchiga ega avtomobil ilgari samolyot dvigatellari bilan shug‘ullangan kompaniyaning avtomobil ishlab chiqarishning muvaffaqiyatli ish boshlashiga yo‘l ochdi.
2023 yilda ishlab chiqarilgan 453 ot kuchiga ega olti silindrli qayta tiklangan “BMW M2” modeli atigi 4,1 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. Uning maksimal tezligi taxminan 285 km/soatga yetadi. Ushbu sport avtomobilda dinamik qulaylik va zamonaviy texnologik innovatsiyalar mujassamlashgan.
“Opel Patent Motor Car” (1899) va “Opel Frontera” (2024)
Opel nemis muhandisi Fridrix Lutsmanning ishlanmalariga asoslangan “Patent Motor Car System Lutzmann” deb nomlangan birinchi avtomobilini 1899 yilda taqdim etdi. Oddiy dizaynga ega mashina tutqichlar yordamida boshqarilar edi. Ushbu model kompaniyaning avtomobilsozlik sanoatiga qilgan birinchi qadami bo‘ldi va shundan so‘ng Opel yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida jadal rivojlana boshladi.
Fronteraning birinchi modeli 1991 yilda chiqarilgan bo‘lsa-da, zamonaviy ikkinchi avlod -“Opel Frontera” 2024 yilda chiqarilgan.
“Chevrolet Series C Classic Six” (1913) va “Chevrolet Equinox EV” (2024)
1913 yilda Chevrolet “Series C Classic Six” avtomobilini ishlab chiqardi. Bu o‘z davri uchun 4 eshikli kuzov va kuchli 6 silindrli dvigatelga ega hashamatli avtomobil edi. Aytgancha, ushbu modelning hozirgi kungacha saqlanib qolgan faqat ikkita nusxasi ma’lum.
Chevrolet “Equinox” birinchi marta 2004 yilda chiqdi, ammo uning yangilangan EV nomli elektron versiyasi 2024 yilda taqdim etildi. U quvvat zaxirasi 513 kilometrga yetadigan 216 dan 292 ot kuchiga ega elektr stansiyasi bilan jihozlangan.
“Toyota AA” (1936) va “Toyota bZ3C” (2023)
Toyota 1936 yilda AA modelini chiqardi. O‘shanda 62 ot kuchiga ega olti silindrli dvigatelga ega ushbu sedan kompaniyaning birinchi ishlab chiqarish modeli bo‘lgandi.
Qiziqarli fakt: kompaniya asoschisining otasi muammo yuzaga kelganda avtomatik tarzda o‘zini to‘xtata oladigan tikuv dastgohni ixtiro qilgan. Keyinchalik bu texnologiya Toyota avtomobil ishlab chiqarish tizimida qo‘llanila boshlandi.
2023 yilda taqdim etilgan “Toyota bZ3C” to‘liq elektr quvvati bilan jihozlangan. Hozirda kompaniya dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.
(Davomi bor).