Ford, Honda, Peugeot kabi mashhur brendlarning birinchi avtomobillari qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?

(Davomi)

Bugungi kunda avtomobillar bizga nafaqat qulaylik va badastir harakatlanishni ta’minlaydi, balki taraqqiyot va texnologiya timsoliga aylanib bormoqda. Ortga nazar tashlab, biz bu dunyo qanchalik tez o‘zgarganini va kelajakda bizni nimalar kutishini tasavvur qila olishimiz qoladi, xolos.

Ford Model A (1903) va Ford Explorer EV (2023)

Kompaniya o‘zining birinchi “Model A”  avtomobilini 1903 yilda chiqardi. 8 ot kuchiga ega, 1,6 litrli dvigatel bilan jihozlangan ushbu mashina avtomobillar ommaviy ishlab chiqarilishiga asos solgan sanoatning muhim bosqichiga aylandi.

2023 yilda taqdim etilgan elektr quvvati bilan jihozlangan zamonaviy “Ford Explorer EV” avtomashinaning turli xususiyatlarga ega bo‘lgan bir nechta modifikatsiyalari chiqarildi. Kattalashtirilgan akkumulyatorli avtomobil bir zaryadlanish bilan 540 kilometrgacha masofani bosib o‘tishi mumkin.

Peugeot Tricycle (1889) va Peugeot e-3008 (2023)

1889 yilda korxona atigi 4 dona uch g‘ildirakli avtomobilni chiqargan edi. O‘shanda ishlab chiqaruvchi o‘zining barcha modellarini «Type2», «Type3» kabi oddiy raqamlar bilan belgilashga qaror qildi. Oddiyligiga qaramay, ushbu model “Peugeot” brendining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun asos yaratib, keng ommaga taqdim etilgan birinchi avtomobillardan biriga aylandi.

To‘liq elektr dvigatel bilan jihozlangan zamonaviy “Peugeot e-3008” 2023 yilda taqdim etilgan. Ko‘rkam ko‘rinishli ushbu krossover bir marta quvvatlanganda 700 kilometrgacha masofani bosib o‘tish imkonini beradi.

Honda T360 (1963) va  Honda CR-Ve-PHEV (2024)

Ishlab chiqaruvchining birinchi “Honda T360” avtomobili 1963 yilda taqdim etilgan. Bu 30 ot kuchiga ega kichik yuk mashinasi edi.

Zamonaviy “Honda CR-V e-PHEV” umumiy quvvati taxminan 204 ot kuchiga ega elektr motorli gibrid tizim bilan jihozlangan. Bu avtomobilda ekologik tozalik, zamonaviy dizayn va ilg‘or texnologiyalar mujassamlashgan.

Renault Voiturette (1898) va Renault Scénic E-Tech (2024)

O‘zining birinchi “Voiturette” kichik mashinasi bilan  “Renault”  avtomobil bozoriga 1898 yilda kirib keldi. Soatiga taxminan 32 kilometr tezlikda harakatlana oladigan bu avtomashina kuchi  va samaradorligi bilan darhol ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Shuningdek, oddiy dizayn va manyovr qobiliyati tufayli u shahar aholisi orasida mashhur bo‘ldi.

2024 yilda kompaniya gibrid va krossover sifatida qulaylik va ekologik tozalikni o‘zida mujassam etgan “Scénic E-Tech” modelini taqdim etdi. Avtomobil 800 kilometrgacha bo‘lgan quvvat zaxirasiga ega, bu esa oilaviy sayohatlar uchun ideal tanlovdir. Aytgancha, ushbu model 2024 yilda Yevropada “Yil avtomobili” deb tan olindi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.