Oziq-ovqat sotib olayotgan it, tabiatning go‘zalligidan bahramand bo‘layotgan ayiqlar
O‘zini xuddi odamlardek tutadigan hayvonlar kamera ob’yektiviga tushdi.
Ko‘pincha uy hayvonlarida odamlarda bo‘lgani kabi qayg‘u, xursandchilik yoki asabiylashganga o‘xshash his-tuyg‘ularni kuzatish mumkin. Yovvoyi hayvonlar ham bundan mustasno emas: bunday misollar ko‘p va bularning barchasi nega hayvonlar bizning kichik birodarlarimiz deb atalishini yana bir bor tasdiqlab, ular bilan qanchalik yaqinligimizni ta’kidlaydi.
Bu haqiqiy muhabbat emasmi?
Chap tarafdagi qarg‘aning tumshug‘i shikastlangan: u sakkiz yil oldin uni sindirib olgan edi va o‘shandan beri o‘zi ovqatlanishga qodir emas. Uning sherigi ko‘p yillar davomida unga ovqat berib, boqib, unga g‘amxo‘rlik qilib keladi.
Singlimni sog‘inaman
Bu mushuk har kuni opasining portreti yonida yarim soat o‘tirib, uni telbalarcha qumsaydi.
Mana bu qo‘y o‘z suruvini bo‘ridan qutqargan itga minnatdorchilik bildiryapti
It qutqargan bug‘u bolasi
Egasi itini qanchalik chaqirmasin, u bir joyda o‘tirib olib, uyga qaytmadi. Uy hayvonini topib olgan odam iti nima sababdan bunday qilganini tushundi.
“Kichik birodar” cho‘zgan yordam qo‘li
Biolog tadqiqot uchun hovuzda ilonlarni qidirayotgan edi, uni ko‘rib qolgan orangutan bu odam yordamga muhtoj, deb qaror qildi.
Ayiq polvon qanday qilib vanna qabul qilish kerakligini biladi
Oqsoqol qunduz
Qanday go‘zal bu olam...
Maymoq ayiqlar shunchaki o‘tirib olib, o‘rmon va tabiatdan bahramand bo‘lishi yoki atrofida sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatganliklari haqida ko‘plab dalillar mavjud: Ehtimol, ular dunyo haqida mushohada qilib, estetik zavq olishar...
Pul o‘rniga barg
Uzoq vaqt davomida bu yerda tushlik qilayotgan talabalarni kuzatib turgan bu it ovqat sotib olmoqchi bo‘lib, pulini barglar bilan to‘lashga harakat qildi.
Melburn hayvonot bog‘idagi pingvinlar tungi osmonni tomosha qilishyapti
Bo‘ri va ayiq o‘rtasidagi do‘stlik
Ushbu suratlar Finlandiyaning mashhur yovvoyi tabiat fotografi Lassi Rautiainen tomonidan (Lassi Rautiainen) Shimoliy Finlandiyaning qalin o‘rmon joylarida olingan.
Bir necha yil oldin fotosuratchi bu g‘ayrioddiy juftlikni uchratdi: bo‘ri va jigarrang ayiq har doim birga ov qilishadi, o‘ljani baham ko‘rib, birgalikda ovqatlanishadi.
“Ular go‘yoki birgalikda o‘zlarini xavfsiz his qilishadi”, deydi suratlar muallifi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.