Aroqfurushlar qonunga ro‘baro‘ bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda qonunga xilof ravishda alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan N.G. va B.B.ning Past Darg‘om tumani, Sazag‘on mahallasi hududidagi xonadonidan sotish maqsadida saqlangan 144 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabar qilinishicha, shu kunlarda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.