Asalari zahri koronavirusga qarshi immunitet paydo qilishi mumkin

Asalari zahri tarkibida Covid-19 ga qarshi noma’lum modda borligi aniqlandi. Bu haqda PubMed nashri ham e’lon qildi.

Xitoydagi tadqiqotlarga asoslanib, virus eng ko‘p tarqalgan Uxan hududida ham haligacha birorta ham asalarichi COVID-19 ga chalinmagani haqidagi xabar e’lon qilindi.

Asalarichilarni tekshirishning ilk natijalariga ko‘ra xitoylik shifokorlar asalari zahriga qarshi immunitetning koronavirus infeksiyasiga qarshi himoya tizimi bo‘la oladi, degan taxminni ilgari suryapti.

Asalari chaqishi natijasida odamda allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Asalari zahri bilan davolash fan tilida apiterapiya deb nomlanadi. Xitoylik shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, apiterapiya natijasida stimullanib, qonda ko‘paygan T limfotsitlar evaziga inson immun sistemasi koronavirusga qarshi faol bo‘lishi mumkin. Aslida, asalari zahri immunitetni stimullashi, ko‘pgina kasalliklarga davo bo‘lishi haqida ma’lumotlar avvaldan ma’lum.

"Doktor Allergolog" fikricha, bu borada O‘zbekistonda tadqiqot olib borish kerak.