Askarlar yaqinlariga tashakkur bildirildi

Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi, 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik L.Yaxshilikov, qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, mayor R.Nomozov, boshqarmalar shaxsiy tarkibi hamda viloyat bank tizimi xodimlari ishtirok etdi.

Milliy gvardiya hamda qo‘riqlash boshqarmasining namunali xodimlariga viloyat bank tizimi tomonidan esdalik sovg‘alari, faollik ko‘rsatayotgan harbiy xizmatchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.