Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari keskin oshishi mumkin
Kecha, 29 iyul kuni o‘tkazilgan Markaziy bank boshqaruvi yig‘ilishida joriy yilning birinchi yarim yilligida shakllangan tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarni inobatga olib, 2021 yil oxirigacha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozlari qayta ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, iqtisodiyotda sezilgan inflyasiya va inflyasion kutilmalar darajasining yuqori qolayotganligi hamda ularning asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘zgarishiga ta’sirchanligining yuqoriligi inflyasion vaziyatni yanada kuchaytirishi mumkin.
Kelgusi oylarda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning o‘zgarishi sharoitida dori-darmonlar, tibbiy xizmatlar va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari keskin oshishi mumkin. Buning oldini olish, karantin bilan bog‘liq cheklovlarning umumiy ovqatlanish, transport va yetkazib berish xizmatlari sohalaridagi narxlarga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Go‘sht mahsulotlari va qoramollar importi hajmining oshib borishiga qaramay ichki bozorlarda go‘sht mahsulotlari narxlarining o‘sish dinamikasi saqlanib qoladi.