Atambayev qarorgohidagi to‘qnashuvdan so‘ng uning tarafdorlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Atambayev qarorgohidagi to‘qnashuvdan so‘ng uning tarafdorlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda 24.kg portaliga tayanib lenta.ru xabar bermoqda.

Maxsus bo‘lim jangchilari bilan to‘qnashuv natijasida jarohatlanganlar va qurbonlar bor.

Atambayev tarafdorlarining ustidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan: 264-modda (ommaviy tartibsizliklar), 266 (bezorilik), 130 (qotillik), 39-130(qotillikka urinish) va 355 (tahdid yoki hukumat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik). Bundan tashqari, yig‘ilgan hujjatlar QR JKning 244- (garovga olish) moddasi alomatlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan.