Avtomarafon: Toshkentda Amir Temur tavalludining 683 yilligi keng nishonlanadi

Bugun, 7 aprel kuni buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda poytaxt ko‘chalari bo‘ylab 25 kilometrli avto marafon o‘tkaziladi.

Bu haqda Mudofa vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir soat 09.00da Qurolli Kuchlar akademiyasining 1-nazorat o‘tish joyi (mo‘ljal A. Pushkin haykali ilgari turgan maydon oldi)dan boshlanadi. Avto marafon Mustaqillik shoh ko‘chasidan boshlanib, Kichik halqa yo‘li orqali Bunyodkor va undan keyin Alisher Navoyi shoh ko‘chalari bo‘ylab o‘tadi. Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari shaxsiy avtotransport vositalarida qatnashadi. Marafon doirasida harbiylar Amir Temur obrazini gavdalantirib, o‘sha davrdagi askarlar kiyimlarni kiyishadi.

7 aprel kuni soat 09.00 dan 12.00 ga qadar Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari uchun harakat cheklanadi.