Avtomashinani bekat oldida qoldirib ketgan haydovchi jarimaga tortildi

Samarqand shahar, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi avtobus bekati oldida haydovchi "Lasetti" rusumli avtomashinasini mumkin bo‘lmagan joyga qoldirib ketgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Avtomashina yo‘lovchilarga o‘tish yo‘lakdan o‘tishga xalal bergan.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘rilib, ogohlantirildi.

Viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini so‘rab qolgan.