Avtomobil sotib olish uchun o‘qituvchilarga imtiyozli kredit beriladi
Qarorning 10-bandida, jumladan, shunday deyilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga iste’mol kreditlari, shu jumladan, avtotransport vositalari sotib olish uchun maxsus jamg‘arma hisobidan quyidagi shartlarda kreditlar berish tartibi o‘rnatilsin:
kreditni berish muddati – 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga;
dastlabki badal summasi – sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
kredit uchun foiz stavkasi – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi (14 foiz – tahririyat) dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
“O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan pedagog xodimlar ro‘yxati asosida ular tomonidan tijorat banklari kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlasin.