Avtomobil yo‘llari yoqalarida savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari ko‘paytiriladi

Viloyat hududidan o‘tuvchi 349 kilometrlik xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar yoqalarida savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini ko‘paytirish maqsadida yer maydonlari auksion savdolariga qo‘yilmoqda.
Jumladan, shu paytgacha 86 ta (13,2 gektar) yer maydoni sotilgan bo‘lsa, 41 ta (16,85 ga) si auksion savdolarida turibdi.

Xalqaro ahamiyatga ega yo‘llar bo‘yida umumiy qiymati 436,3 mlrd. so‘mlik 140 ta loyiha 85 gektar yer maydoniga joylashtirilishi natijasida 1 874 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Biroq Jomboy (78 foiz), Past Darg‘om (80 foiz), Bulung‘ur, Urgut (81 foiz) va Samarqand (82 foiz) tumanlari yo‘l bo‘yidagi quvvatdan foydalanishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda.

Xizmat ko‘rsatish sohasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan mazkur soha rivojlanishi natijasida xizmat ko‘rsatish hajmi sezilarli darajada oshadi.

👉 Samarqand viloyat iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasining @samiqtisod kanaliga a’zo bo‘ling