Ayol kishining ikkita qimmatbaho mashinasini yoqib yuborgan samarqandlik yigit sherigi bilan qo‘lga olindi
- 18.03.2020 17:09
- 1518
- O‘zbekiston
Joriy yilning 8 mart kuni taxminan soat 5:30 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasida 36 yoshli Kamila I.ga tegishli “Mercedes-Benz GLS300” (davlat raqami 01 Y 549 HB) va “BMW X5” (davlat raqami 01 F 701 XA) rusumli avtomobillarning qasddan yoqib yuborilgani haqida xabar bergan edik.
Moddiy zarar summasi taxminan 225 000 AQSh dollari miqdorida baholangan.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar davomida ikkita avtomobillarni qasddan yoqib yuborganlikda gumonlanuvchi 30 yoshli samarqandlik Tursin E. va Toshkent viloyatida yashovchi 26 yoshli Shahzod Sh.lar aniqlanib, qo‘lga olindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa