Ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi
Samarqand shahar hokimining 2019 yil 4 maydagi 212-F-sonli farmoyishiga asosan “9 may – Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi:
6 may kuni soat 7:00 dan 11:00 gacha:
- Registon ko‘chasining Registon maydonidan Amir Temur haykalining oldidagi maydonigacha bo‘lgan qismida:
- Bo‘stonsaroy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Amir Temur haykalining oldidagi maydonigacha bo‘lgan qismida:
- Universitet xiyoboni ko‘chasida, G-34 yo‘lining Universitet xiyobonidan Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
7 may kuni soat 7:00 dan 11:00 gacha:
- Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismida:
9 may kuni soat 7:00 dan 17:00 gacha:
- Kamol Ota Turk ko‘chasining Shohruh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Alisher Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.